Foydali sahifalar

O`zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vazirligi

Asosiy

O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI TASHQI ISHLAR VAZIRLIGINING INTERAKTIV KONSULLIK XIZMATI VEB-SAHIFASIGA XUSH KELIBSIZ 

  • Ushbu sahifa O`zbekiston Respublikasi fuqarolarining konsullik masalalari bo`yicha savollariga javobni tezlashtirish va yordam berishga qaratilgan. Bu sahifada, O`zbekistonning xorijdagi vakolatxonalariga murojaat qilib konsullik xizmatida to`ldirish talab qilinadigan kerakli so`rovnomalarni interaktiv usulda bajarish xizmati va boshqa xizmatlar joylashtirilgan.
  • Shu bilan birga fuqarolarning u yoki bu konsullik xizmati masalasi ish holatini "OnLine" rejimida bilib olish imkoniyati kiritilgan. Ushbu sahifadan foydalanish uchun quyidagi talablarni hisobga olish kerak:

    Tizim talablari :

    • Siz foydalanayotgan Internet-brauzer 128-bitlik shifrlashni ta'minlashi lozim.
    • "Windows Internet Explorer" brauzeridan foydalansangiz, uning versiyasi 7.0 yoki undan yuqori bo`lishi lozim.
    • "Mozilla Firefox" Internet-brauzeridan foydalansangiz, uning versiyasi 3.0 yoki undan yuqori bo`lishi lozim.
    • "Opera" Internet-brauzeridan foydalansangiz, uning versiyasi 10 yoki undan yuqori bo`lishi lozim.
    • Sayt ma'lumotlarining ekranda to`g`ri ko`rinishi uchun brauzerga JavaScriptdan foydalanishga ruxsat berish kerak.
    • To`ldirilgan anketani ko`rish va bosmalash uchun kompyuteringizda "Adobe Acrobat Reader" dasturining 5.0 yoki undan yuqori versiyasi o`rnatilgan bo`lishi kerak.

    So'rovnoma qanday to'ldiriladi:

    1. Ko`rsatilgan har bir joyni ma'nosiga qarab to`ldiring. Hamma savollarga javob bering. 
    2. Kiritilgan ma'lumotlarning to`g`riligini tekshirib chiqing.
    3. So`rovnomani “Adobe Acrobat” dasturida bosmalang va uni O`zbekiston Respublikasining diplomatik vakolatxonasiga taqdim qiling.
  • Qo`shimcha ma'lumot «Ko`p uchraydigan savollar» bo`limida keltirilgan.
  • Mazkur tizim haqidagi fikr va mulohazalaringizni info@mfa.uz adres bo`yicha yo`llashingiz mumkin.