Полезные ссылки

Министерство иностранных дел Республики Узбекистан

Сворачиваемые блоки
Ko`p so`raladigan savollar

Umumiy savollar

1. O`zbekiston Respublikasi fuqarolarining qaysi turdagi murojaatlari O`zbekiston Respublikasining konsullik idoralariga kelib tushishi mumkin?

Konsullik mansabdor shaxslari o`z vakolatlari doirasida notarial harakatlarni amalga oshiradilar, fuqarolik holati dalolatnomalarini ro`yxatga oladilar, O`zbekiston Respublikasi fuqaroligi masalasini hal qilishda ishtirok etadilar. O`zbekiston Respublikasining xorijdagi fuqarolari huquqlarini himoya qilish va qonuniy manfaatlarini ifodalash bilan bir qatorda, ular xorijiy mamlakatda amal qilib turgan qonunlar va istiqomat qoidalari to`g`risida axborot beradilar, favqulodda vaziyatlar vujudga kelgan holatlarda xavfsizlikni ta’minlash bo`yicha ularga zarur tavsiyalarni beradilar va tegishli chora-tadbilarni, zarur holatlarda mamlakatdan evakuatsiya qilish ishlarini amalga oshiradilar.

O`zbekiston Respublikasi fuqarolarining huquqiy maqomi birinchi navbatda ular istiqomat uchun kelgan davlatning qonunchiligi bilan belgilanadi. Bunday holatlarda fuqarolik, oilaviy va jinoiy ishlar bo`yicha konsullik konventsiyalari va shartnomalarining qoidalari katta ahamiyat kasb etadi.

O`zbekiston Respublikasi konsullik xizmati imkon qadar ko`proq darajada insonga yaqin bo`lishga, uning huquqlari va manfaatlarini ta’minlashga da’vat etilgandir. U voqea-hodisalarga va fitnalarga nisbatan omilkorlik bilan javob berishi, murakkab vaziyatga tushib qolgan O`zbekiston Respublikasi fuqarolariga o`z vaqtida zarur axborotni berib turishi, kerakli muhofaza va yordam ishlarini amalga oshirishi shart. Ushbu masalani esa, fuqarolarning o`zga mamlakatda istiqomat qilish ishiga mas’uliyat bilan yondashmay turib samarali ta’minlab bo`lmaydi.

2. O`zbekiston Respublikasi fuqaroligiga mansub emaslik to`g`risidagi ma’lumotnomani qay tarzda olish mumkin?

Xorijda doimiy yashayotgan va O`zbekiston Respublikasi fuqaroligini o`rnatilgan tartibda qabul qilmagan va O`zbekiston Respublikasi fuqaroligiga mansub emaslik to`g`risidagi ma’lumotnomani olish istagida bo`lgan shaxslar O`zbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalariga ariza-so`rovnoma bilan murojaat etadi. (ariza-so`rovnoma formasi vakolatxonalar saytida keltirilgan)

O`zbekiston Respublikasining xorijiy mamlakatdagi konsulligiga O`zbekiston Respublikasi fuqaroligiga mansub emaslik to`g`risidagi ma’lumotnomani olish uchun ariza-so`rovnomani topshirish chog`ida konsullik yig`imi, hamda amaldagi xarajatlarni qoplash yig`imi undirib olinadi.

3. Hujjatlar legalizatsiyasi nima va u qay tartibda amalga oshiriladi?

Legalizatsiya – hujjatlardan xalqaro munosabatlarda foydalanish uchun, bu hujjatlar ularni rasmiylashtirgan mamlakatning qonunchiligiga muvofiqligini tasdiqlanishidir. Legalizatsiya mansabdor shaxsning imzosi, hamda davlat idorasi muhri haqiqiyligini tasdiqlashdan iborat bo`ladi.

Muayyan bir mamlakatda rasmiylashtirilgan hujjatlar, agar davlatlarning qonunchiligi qoidalarida boshqacha nazarda tutilgan bo`lmasa, yohud o`sha davlatlar a’zo bo`lgan xalqaro shartnomalarga ko`ra legalizatsiya taomili bekor qilingan bo`lmasa, boshqa mamlakat hududida ular belgilangan tartibda legalizatsiya qilingan bo`lsagina, ko`rib chiqish uchun qabul qilinadi.

O`zbekiston Respublikasining xorijdagi konsullik muassasalari o`zlarining konsullik hududlariga kiruvchi mamlakatlarda tuzilgan hujjatlarni legalizatsiya qiladilar.

O`zbekiston Respublikasi hududida tuzilgan hujjatlar O`zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi tomonidan legalizatsiya qilinishi shart.

MDH mamlakatlari doirasida 22.01.1993 yilda imzolangan Fuqarolik, oilaviy va jinoiy ishlar bo`yicha huquqiy yordam va huquqiy munosabatlar to`g`risidagi Konventsiya (Armaniston, Belorussiya, Qozog`iston, Qirg`iziston, Moldova (muayyan shart bilan), Rossiya Federatsiyasi, Tojikiston, Turkmaniston, O`zbekiston va Ukraina) amal qiladi. Yuqorida zikr qilingan Konventsiyaning 13-moddasiga muvofiq «Shartnomada qatnashayotgan taraflardan birontasida tayyorlangan yoki maxsus vakolat berilgan muassasa yohud shaxs tomonidan ularning vakolatlari doirasida, hamda o`rnatilgan tartibda shahodatlangan va gerbli muhr bosilgan hujjatlar, Shartnoma ishtirokchisi bo`lgan boshqa taraflar tomonidan har qanday maxsus tasdiqnomasiz qabul qilinadi».

4. O`zbekistondan hujjatlarni so`rab olish tartibi qanday?

O`zbekiston Respublikasidan hujjatlarni so`rab olish uchun O`zbekiston Respublikasi fuqarolari, xorijiy fuqarolar va fuqarolikka ega bo`lmagan shaxslar bevosita O`zbekiston Respublikasi arxiv muassasalariga ham, shuningdek O`zbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatik vakolatxonalariga va konsullik muassasalariga ham murojaat etishlari mumkin.

O`zbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatik vakolatxonasiga yoki konsullik muassasasiga murojaat etuvchi shaxs har bir so`rab olinayotgan hujjat uchun alohida belgilangan shakldagi maxsus anketani ikki nusxada to`ldirishi, shuningdek konsullik yig`imini, hamda amaldagi xarajatlarni qoplash yig`imini to`lashi shart.

Mehnat va pensiya daftarchalari, harbiy biletlarning asl nusxalarini so`rab olish, jo`natib yuborish yoki xorijga chaqirtirib olishga yo`l qo`yilmaydi.

Shuningdek, agar nikoh bekor qilingan bo`lsa, nikohdan o`tganlik to`g`risidagi guvohnomani, shuningdek vafot etgan shaxsning tug`ilganlik to`g`risidagi guvohnomasini qaytadan so`rab olinishi mumkin emas. Voyaga etmagan shaxslarning tug`ilganlik to`g`risidagi guvohnomalari ularning qonuniy vakillari tomonidan so`rab olinishi mumkin. Vafot etganlik to`g`risidagi guvohnomalar vafot etgan shaxsning qarindoshlari yoki yuridik shaxslar tomonidan rasmiy maqsadlar uchun so`rab olinishi mumkin.

Amaliyotning ko`rsatishicha, ma’lumot to`g`risidagi hujjatlarni (attestatlar, diplomlar va ulardan ko`chirmalarni) O`zbekiston Respublikasidan so`rab olishda manfaatdor shaxslarning bevosita o`quv muassasasiga murojaat etishi bir muncha samarali natija beradi. Buning uchun shaxsiy ishni arxivlardan izlab topish, hujjatning dublikatini tayyorlash, shahodatlash va arizachiga jo`natib yuborish bilan bog`liq barcha xarajatlarning qoplanishi shart bo`ladi.

5. Xorijiy davlat fuqaroligini qabul qilgandan keyin O`zbekiston fuqarolari qanday harakatlarni amalga oshirishlari zarur?

O`zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq O`zbekiston Respublikasi fuqarosi bo`lgan shaxsning xorijiy mamlakat fuqaroligiga mansubligi tan olinmasligi munosabati bilan, xorijiy davlat fuqaroligini olgan O`zbekiston Respublikasi fuqarolari avval qaysi fuqarolikni tanlab olishlari borasida aniq qarorga kelishlari zarur.

Agar xorijiy davlat fuqaroligini tanlab olishga ahd qilsalar, xorijda istiqomat qiluvchi fuqarolar o`zlari istiqomat qilib turgan mamlakatdagi O`zbekiston Respublikasining xorijiy konsullik muassasasiga fuqarolikdan chiqish to`g`risida yozma ravishda murojaat etishlari va quyidagi hujjatlarni taqdim qilishlari darkor:

• O`zbekiston Respublikasi fuqarosi pasportining belgilar qo`yilgan barcha varaqlarining, hamda pasport ma’lumotlari ksereonusxasini, shuningdek xorijiy pasport ma’lumotlari va fotosuratini (xorijiy davlat fuqarosi bo`lgan holatda);

• xronologik tartibda yozilgan batafsil tarjimai hol;

• o`rnatilgan shakldagi fuqarolikdan chiqish to`g`risidagi anketa-ariza;

• 4 ta fotosurat (rangli tasvirda, 45x55 mm. hajmli);

• 14 yoshdan 18 yoshgacha farzandlari bo`lsa, va ular ota-onalari bilan birga fuqarolikdan chiqish istagini bildirsa, ularning yozma ravishda rasmiylashtirilgan roziligi;

• ota-onalarning voyaga etmagan farzandlari bilan birga fuqarolikdan chiqishini rasmiylashtirishda, agar ulardan biri O`zbekiston fuqaroligida qolayotgan bo`lsa, O`zbekiston fuqarosi bo`lmish ota yoki onaning farzandlari O`zbekiston fuqaroligidan chiqishga o`z roziligini berishi zarur;

• konsullik yig`imi, hamda amaldagi xarajatlarni qoplash yig`imi to`langanligi to`g`risidagi pattaning nusxasi.

6. Xorijga qisqa muddatli tashrif buyurgan holda, ya’ni O`zbekiston Respublikasi vakolatli organlarining qisqa muddatga xorijga chiqish uchun ruxsatini olgan holda, ulardan xorijda doimiy yashab qolish uchun, o`sha mamlakatdan chiqmasdan turib, ruxsatnoma olish mumkinmi?

O`zbekiston Respublikasining vakolatli organlarining qisqa muddatga xorijga chiqish uchun ruxsatini olgan fuqarolari O`zbekiston Respublikasining xorijdagi konsullik idoralariga xorijda doimiy yashab qolish uchun ruxsatnoma olish borasida murojaat etishlari mumkin, faqat bunda arizachilar o`zlari turgan mamlakatda legal maqomda istoqomat qilatyotgan bo`lishlari shart.

Buning uchun quyidagi hujjatlarni taqdim etish zarur:
• E’rkin tarzda yozilgan ariza;
• O’rnatilgan shakldagi anketa-ariza (konsuldan olinadi);
• Pasportning barcha varaqlarining (shu jumladan bo`sh varaqlarning) nusxasi;
• Tug`ilganlik to`g`risida guvoxnoma (yoki uning notarial tasdiqlangan nusxasi);
• 14 yoshdan 18 yoshgacha farzandlari bo`lsa, va ular ota-onalari (yoki ulardan birontasi) bilan xorijdagi doimiy turar-joyga chiqib ketishga rozi bo`lsa, ularning ariza shaklidagi notarial tasdiqlangan roziliklari;
• Nikoh to`g`risidagi guvohnoma (yoki uning notarial tasdiqlangan nusxasi);
• Ota-onalarning. shuningdek erning (xotinning) notarial tasdiqlangan roziliklari (agar ular vafot etgan bo`lsa – vafotini tasdiqlovchi hujjatlar);
• Erning (xotinning) voyaga etmagan farzandlar bilan birga chiqish uchun hujjatlarini rasmiylashtirishda, xotinning (erning) notarial tasdiqlangan roziligi bo`lishi shart (hatto ota-ona nikohi qayd etilmagan bo`lsa ham);
• 6 ta fotosurat (shuningdek, farzandlar ham birga rasmiylashtirilayotgan holda, har bir farzand uchun ham);
• Konsullik yig`imi, hamda amaldagi xarajatlarni qoplash yig`imi to`langanligi to`g`risidagi pattaning nusxasi
• Boshqa hujjatlar (O`zbekiston Respublikasining vakolatli idoralari so`roviga muvofiq)

Pasport almashtirish va rasmiylashtirish tartibi bo’yicha savollar

1.Xorijga doimiy yashashga chiqqan O’zbekiston Respublikasi fuqarolari qaerda pasport olishlari yoki almashtirishlari mumkin?

Xorijda doimiy yashayotgan O’zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun O’zbekiston Respublikasi fuqarosi pasporti O’zbekiston Respublikasining chet e’ldagi diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalarida beriladi.

Bunday holatda arizachi doimiy konsullik ro’yxatiga olingan O’zbekiston Respublikasining xorijdagi vakolatxonalariga murojaat qiladi.

2.Xorijiy mamlakatga doimiy yashashga chiqib ketgan O’zbekiston fuqarolaridan pasport almashtirish uchun qanday hujjatlar talab qilinadi?

Arizachilar O’zbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatik vakolatxonasi yoki konsullik muassasasiga quyidagi hujjatlarni murojaat e’tish maqsadidan kelib chiqqan xolda taqdim e’tadilar:

16 yoshga to’lganlik munosabati bilan:
• Tug’ilganlik xaqida guvoxnoma asli, nushasi bilan;.
• Ota-ona pasportlarining yozuvlar va belgilar kiritilgan varaqlaridan nusha.
Ota-onasidan birining pasportining nushasini taqdim qilish imkoni bo’lmasa, unda bu holni tasdiqlovchi ma’lum bir hujjat nushasi, jumladan, o’lim xaqida guvoxnoma, nikox bekor qilingani, ichki ishlar organlaridan ushbu shahsni dom-daraksiz yo’qolgani tan olingani to’g’risidagi ma’lumotnoma va xokazolar
• 1-Shakl (arizachi tomonidan 1 nushada to’ldiriladi).
• 35x45 mm. xajmida 4 dona fotosurat;
• Arizachi to’g’risida ma’lumot kiritilgan manzildan chiqish varaqasining tasdiqlangan nushasi (MDX mamlakatlari uchun).
• Ota-onadan biri chet e’l fuqarosi bo’lsa, ushbu xorijiy mamlakat fuqarosining farzandini O’zbekiston Respublikasi fuqarosi pasportini olishiga roziligi xaqida legalizaciya qilingan arizasi (MDX mamlakatlari uchun notariusda tasdiqlangan);
• Arizachining doimiy konsullik ro’yxatiga olingani qayd qilingan kartochka nushasi;

Pasportning muddati tugaganligi, foydalanish uchun yaroqsiz xolga kelganligi, vizalar va mahsus belgilar uchun mo’ljallangan varaqlarni to’lganligi munosabati bilan:
• Pasportning yozuvlar va belgilar kiritilgan varaqlari nushasi;
• 1-Shakl (arizachi tomonidan 1 nushada to’ldiriladi);
• 35x45 mm. xajmida 4 dona fotosurat;
• Arizachini chet e’lga doimiy yashashga chiqqanligini tasdiqlovchi hujjat – pasportdagi O’zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan berilgan “Doimiy yashashga chiqishga ruhsat berildi” yozuvli stikeri yoki MDX mamlakatlariga doimiy yashashga ketganlar uchun e’sa manzildan chiqish varaqasining tasdiqlangan nushasi;

Pasportni yo’qolganligi munosabati bilan:
• Pasport nushasi (mavjud bo’lsa);
• 1-Shakl (arizachi tomonidan 1 nushada to’ldiriladi);
• 35x45 mm. xajmida 4 dona fotosurat;
• Pasportning yo’qolganlik holatini batafsil bayon qilingan ariza;
• Arizachi tomonidan to’ldirilgan shahsni tasdiqlash uchun so’rovnoma anketasi;
• chet e’l xuquqni ximoya qilish organlari tomonidan berilgan arizachining pasport yo’qotilgani borasida murojaat qilgani xaqida ma’lumotnomasiю

Familiya, ismi va otasining ismini o’zgartirish munosabati bilan:
• Pasportning yozuvlar va belgilar kiritilgan varaqlaridan nusha;
• 1-Shakl (arizachi tomonidan 1 nushada to’ldiriladi);
• 35x45 mm. xajmidagi 4 dona fotosurat;
• Arizachini chet e’lga doimiy yashashga chiqqanligini tasdiqlovchi hujjat – pasportdagi O’zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan berilgan “Doimiy yashashga chiqishga ruhsat berildi” yozuvli stikeri yoki MDX mamlakatlariga doimiy yashashga ketganlar uchun e’sa manzildan chiqish varaqasining tasdiqlangan nushasi;

Izox: Fotosurat sifatli qog’ozda bosmalangan bo’lishi kerak (Kodak, Agfa, Konica, Epson va x.kz.) fotokameraga to’g’ri qaragan holatda (anfas), bosh kiyimsiz. Kiyimning oldi qismi ortiqcha ochiq bo’lishi qabul qilinmaydi.

3.O’zbekiston Respublikasining chet e’llardagi konsullik muassasalari tomonidan horijda taxsil olayotgan talabalar O’zbekiston Respublikasi fuqarolik pasportini rasmiylashtirishi yoki almishtirishi mumkin-mi?

Horijda tahsil olayotgan va chet e’l mutasaddi tashkilotlari tomonidan talaba(o’quvchi) maqomida ro’yxatdan o’tgan, hamda uzrli sabablarga ko’ra O’zbekiston Respublikasiga kelib o’z turar joylaridagi ichki ishlar bo’limlariga murojaat qila olmaydigan O’zbekiston Respublikasi fuqarolari pasport almashtirish va unga chet e’lga chiqishga ruhsat stikeri kiritish bo’yicha konsullik muassasalariga murojaat e’tishlari mumkin.

Pasport almashtirish va chet e’lga chiqish stikeri rasmiylashtirish uchun quyidagi hujjatlar talab e’tiladi :
* 1-Shakl (arizachi tomonidan 1 nushada to’ldiriladi);
* 8 dona fotosurat;
* o’quv muassasidan ma’lumotnoma tasdiqlangan tarjimasi bilan;
* 30-Shakl (arizachi tomonidan 2 nushada to’ldiriladi);
* O’zbekiston Respublikasidagi doimiy yashash joyidagi tuman Mudofaa ishlari bo’limi tomonidan chet e’lga chiqishga ruhsat berilganligi to’g’risidagi ma’lumotnoma va harbiy xisobga olish yoki xarbiy guvoxnomaning nushalari.
* Konsullik yig’imlari va xaqiqiy harajatlar qoplanganligiga oid to’lov chiptasi.

O’zbekiston Respublikasining konsullik muassasalari tomonidan horijda tahsil olayotgan pasportlarini yo’qotgan talabalardan yangi pasport rasmiylashtirish uchun hujjatlar qabul qilinmaydi. Bunday xollarda ularga vatanga qaytish guvohnomalari beriladi va ular yo’qotilgan pasport o’rniga yangi pasport rasmiylashtirish uchun doimiy yashash joylaridagi ichki ishlar bo’limlariga murojaat qiladilar.

FHDYo bo`yicha savollar

1.FHDYo bo`limiga tegishli qanday harakatlar O`zbekiston Respublikasining xorijdagi konsuli tomonidan amalga oshiriladi?

O`zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 203-moddasiga muvofiq O`zbekiston Respublikasining chet elda doimiy yoki vaqtincha yashovchi fuqarolarining fuqarolik holati dalolatnomalari konsul tomonidan O`zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq qayd etiladi.

Fuqarolik holatining quyidagi dalolatnomalari qayd etish orqali ro`yxatga olinadi:
а) tug`ilish;
б) nikohning tuzilishi;
в) nikohning bekor qilinishi;
г) o`lim.

2.Xorijda tug`ilgan farzandga O`zbekiston Respublikasidan tug`ilganlik to`g`risidagi guvohnoma olish uchun qanday hujjatlar talab etiladi?

Agar ota-onalar rasmiy nikohlangan bo`lsalar, ulardan birontasi konsulikka tashrif buyurishi va quyidagi hujjatlarni taqdim etishi zarur:
• Bola onasining yoki otasining arizasi.
• Tibbiy muassasaning farzand tug`ilganligi to`g`risidagi ma’lumotnomasining asli yoki tasdiqlangan nusxasi.
• Bola ota-onasining pasportlari.
• Bolaning ota-onasi nikohlangani to`g`risidagi guvohnoma yoki uning tasdiqlangan nusxasi.
• Agar bolaning ota-onasidan biri xorijiy davlat fuqarosi bo`lsa, bolaning xorijiy davlat fuqarosi bo`lgan otasining (yoki onasining) O`zbekiston Respublikasidan tug`ilganlik guvohnomasini rasmiylashtirish uchun notarial tasdiqlangan roziligini taqdim etish shart.

Agar ota-onalar fuqarolik nikohida turgan bo`lsalar (bolaga otalikni belgilangan holda), ota-onaning ikkalasi ham konsulxonaga kelishi shart:
• Ota va onaning birgalikdagi otalik huquqini berish to`g`risidagi arizasi (o`rnatilgan shakli konsuldan olinadi).
• Tibbiy muassasaning farzand tug`ilganligi to`g`risidagi ma’lumotnomaning asli yoki tasdiqlangan nusxasi.
• Bola ota-onasining pasportlari.
• Agar bolaning ota-onasidan biri xorijiy davlat fuqarosi bo`lsa, bolaning xorijiy davlat fuqarosi bo`lgan otasining (yoki onasining) O`zbekiston Respublikasidan tug`ilganlik guvohnomasini rasmiylashtirish, hamda O`zbekiston Respublikasi fuqaroligini olish uchun notarial tasdiqlangan roziligini ham taqdim etish shart.

Agar bolaning onasi yolg`iz bo`lsa (bolaga nisbatan otalik belgilanmagan holda), konsulxonaga ona kelishi shart:
• Bola onasining arizasi (o`rnatilgan shakli konsuldan olinadi)..
• Tibbiy muassasaning farzand tug`ilganligi to`g`risidagi ma’lumotnomaning asli yoki tasdiqlangan nusxasi.
• Bola onasining pasporti.
• Amaldagi xarajatlar to`lovi.

Tug`ilganlik guvohnomasi rasmiylashtirilganidan keyin konsul bolani ota-onasining (O`zbekiston fuqarolarining) pasportlariga yoki ulardan bittasining pasportiga (ota-onalarning ixtiyoriga ko`ra) qayd etib qo`yadi.

3.Xorijda vafot etgan O`zbekiston Respublikasi fuqarosi uchun uning o`limi to`g`risidagi guvohnomani rasmiylashtirish uchun qanday hujjatlar talab etiladi??

O`zbekiston Respublikasi fuqarosi uchun o`limi to`g`risidagi guvohnomani rasmiylashtirish uchun quyidagi hujjatlar talab etiladi:
• Arizachining (qarindoshi, tanishi, dafn qilish xizmati yoki boshqa xizmat vakillari va b.) murojaatnomasi.
• Tibbiy muassasaning o`lim to`g`risidagi ma’lumotnomasining asli yoki uning tasdiqlangan nusxasi.
• Vafot etgan shaxsning pasporti yoki uning shaxsini tasdiqlovchi boshqa hujjat.

4.O`zbekiston Respublikasining xorijdagi konsullik idoralarida nikohni qayd etish mumkinmi va buning uchun nimalar kerak bo`ladi?

O`zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq O`zbekiston Respublikasi fuqarosining xorijiy davlat fuqarosi bilan yoki fuqaroligi bo`lmagan shaxs bilan nikohi konsul tomonidan agar ushbu nikoh konsullik idorasi joylashgan davlat hududida, shuningdek, o`sha davlat va O`zbekiston Respublikasi ishtirokida imzolangan bitim tomonidan qonuniy deb tan olinadigan bo`lsa, yohud bu nikoh xalqaro shartnomalar talablariga mos hisoblansa, amalga oshirilishi mumkin.

O`zbekiston Respublikasi fuqarosining nikohini qayd etish uchun zarur hujjatlar ro`yxati (nikohdan o`tuvchilarning har ikkisi ham tashrif buyurishi shart):
• Nikohdan o`tayotgan shaxslarning arizalari (o`rnatilgan shakli konsuldan olinadi).
• Nikohlanmaganlik to`g`risidagi (kuyov va kelin uchun) ma’lumotnomaning asli yoki uning O`zbekiston Respublikasi TIV da (O`zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun), xorijiy davlat TIV da (xorijiy fuqarolar uchun) legalizatsiya qilingan nusxasi.
• Nikohdan o`tayotganlarning pasportlari.

5.O`zbekiston Respublikasining xorijdagi konsullik idoralarida nikohni bekor qilish mumkinmi va buning uchun nimalar kerak bo`ladi?

O`zbekiston Respublikasining O`zbekiston Respublikasi hududidan tashqarida yashayotgan fuqarosi O`zbekiston Respublikasi hududidan tashqarida yashayotgan turmush o`rtog`i bilan uning fuqaroligidan qat’iy nazar, O`zbekiston Respublikasi sudi orqali nikohni bekor qilishi mumkin.

Er-xotin o`rtasida mulkiy kelishmovchiliklar va voyaga etmagan farzandlar (shu jumladan, farznadikka olingan bolalar) mavjud bo`lmagan holatlarda, nikohdan ajrashish O`zbekiston Respublikasining xorijdagi konsullik idoralari tomonidan amalga oshirilishi mumkin.

O`zbekiston Respublikasi fuqarosini nikohdan ajratish uchun talab etiladigan hujjatlar ro`yxati (nikohdan ajrashayotganlarning har ikkisi ham konsullikka tashrif buyurishi shart):
• Nikohdan ajrashish to`g`risida ariza (o`rnatilgan shakli konsuldan olinadi).
• Nikohdan ajrashayotganlarning pasportlari.
• Nikoh qayd etilganligi to`g`risidagi guvohnoma.

6.Xorijda istoqamt qilayotgan vaqtda familiyani, ismini, otasining ismini o`zgartirish mumiknmi, bu harakatni qanday holatlarda amalga oshirish mumkin?

Xorijda doimiy istiqomat qiluvchi fuqarolarning arizalari konsul tomonidan ko`rib chiqiladi. Familiyani, ismini, otasining ismini o`zgartirish to`g`risidagi ariza arizachi tomonidan u 16 yoshga to`lganidan keyin taqdim etilishi mumkin (arizachining tashrifi majburiy).

Familiyani, ismini, otasining ismini o`zgartirish to`g`risidagi ariza quyidagi hollarda ko`rib chiqiladi:
- agar familiyasi, ismi va otasining ismi hunuk bo`lsa;
- agar familiyasi, ismi va otasining ismi millatiga mos bo`lmasa;
- o`z xohishiga ko`ra nikohgacha bo`lgan familiyani qaytarish ixtiyor qilinsa (nikohda turgan holatda ham, nikoh bekor qilingandan keyin ham);
- oila uchun umumiy familiyani olish istagi tug`ilganda (agar nikoh tuzilayotganda er-xotin umumiy famiyaliyani tanlagan bo`lmasa);
- konsul uzrli deb hisoblagan boshqa holatlarda.

Familiyani, ismini, otasining ismini o`zgartirish uchun taqdim etiladigan hujjatlar ro`yxati:
• Familiyani, ismini, otasining ismini o`zgartirish to`g`risidagi ariza (o`rnatilgan shakli konsuldan olinadi).
• Arizachining tug`ilganlik to`g`risidagi guvohnomasi.
• Agar arizachi nikohlangan bo`lsa, nikoh tuzilganligi to`g`risidagi guvohnoma, agar ajrashgan bo`lsa, nikohdan ajrashganligi to`g`risidagi guvohnoma.
• Agar arizachining voyaga etmagan farzandlari bo`lsa, bolaning tug`ilganligi to`g`risidagi guvohnomalari.
• Pasportdan yoki arizachining shaxsini tasdiqlovchi boshqa hujjatdan ko`chirma.
• Agar arizachi voyaga etmagan bo`lsa (16 yoshdan 18 yoshgacha), yoki sud qarori bilan muomalaga layoqatsiz deb topilgan bo`lsa, ota-onasining, yoki vasiyning, yohud homiyning arizasi.
• 1 ta fotosurat (3x4 hajmli).
• Voyaga etmagan (16 yoshdan 18 yoshgacha) shaxslar uchun, shuningdek ota-onasining roziligi ham talab etiladi.

Agar 16 yoshga to`lgan shaxs pasport yoki uning shaxsini tasdiqlovchi boshqa hujjatni olgunga qadar familiyani, ismini, otasining ismini o`zgartirish to`g`risida ariza bersa, arizaga tug`ilganlik to`g`risidagi guvohnoma va tug`ilganlikni qayd etish dalolatnomasining nusxasi ilova qilinadi.

7.Xorijda yashab turib qayd etish dalolatnomalariga o`zgartishlar kiritish mumkinmi, va buni qanday hollarda amalga oshiriladi?

Xorijda istiqomat qilayotgan O`zbekiston Respublikasi fuqarolarining qayd etish dalolatnomalariga o`zgartish, tuzatish va qo`shimchalar kiritish to`g`risidagi arizalari konsullik muassasalari tomonidan ko`rib chiqiladi.

Qayd etish dalolatnomalariga o`zgartish, tuzatish va qo`shimchalar kiritish uchun talab etiladigan hujjatlar ro`yxati (arizachining tashrifi majburiy).
• Qayd etish dalolatnomalariga o`zgartish, tuzatish va qo`shimchalar kiritish to`g`risidagi ariza (o`rnatilgan shakli konsuldan olinadi).
• So`rovning asoslanganligini tasdiqlovchi hujjatlarning nusxalari, shu jumladan pasport nusxasi, o`zgartirilishi talab etilayotgan guvohnomalarning asli.
• Quyidagi zarur holatlarda so`rovning asoslanganligini tasdiqlovchi boshqa hujjatlar:
a) «O`zbekiston Respublikasining davlat tili to`g`risida’gi qonunining 15-moddasiga muvofiq familiyasini, ismini, otasining ismini milliy an’analarga muvofiq yozib qo`yish istagi izhor etilganda;
b) otalikni belgilashda;
v) farzandlikka olishda;
d) voyaga etmagan farzandning familiyasini ota-onasining o`zaro roziligi asosida o`zgartirilgan holatda (shuningdek ota-onalar tomonidan nikohdan ajrashilganda), yoki hokim qarori asosida;
e) millatni o`zgartirilganda;
f) nikohda turmagan ona farzandning otasi to`g`risidagi ma’lumotlarni o`zgartirish to`g`risida ariza berganda (farzand 16 yoshga kirgunga qadar);
g) sud tomonidan otalikning belgilanishini yoki farzandlikka olishni haqiqiy emas deb topilganda;
h) ota-onasining familiyasi, ismi, otasining ismi o`zgartirilishi munosabati bilan voyaga etmagan farzandning familiyasi, ismi, otasining ismi o`zgartirilganda;
i) imlo xatolar va noaniqliklar mavjud bo`lganda, shuningdek tug`ilgan joyi va vaqti, otasining ismi ko`rsatilmagan holatlarda;
j) 16 yoshga to`lmagan farzandning ismi va familiyasi o`zgartirilganda, agar uning ismi va familiyasi ota-onasining istagini hisobga olmagan holda berilgan bo`lsa;
k) qaydnomada ismi qisqartirilgan yoki erkalash shaklida yozilgan bo`lsa;
l) boshqa zarur hollarda.

8.O`zbekiston Respublikasi hududidan tashqarida tuzilgan nikohlar O`zbekiston Respublikasida tan olinadimi?

O`zbekiston Respublikasi fuqarolari o`rtasida, O`zbekiston Respublikasi fuqarosi va xorijiy fuqaro yoki fuqaroligi bo`lmagan shaxs o`rtasida O`zbekiston Respublikasi hududidan tashqarida tuzilgan nikohlar, ushbu nikoh tuzilgan davlatning qonunchiligiga rioya etilgan holda tuzilgan bo`lsa va agar O`zbekiston Respublikasi Oila kodeksning 16-moddasida ko`zda tutilgan nikoh tuzishga monelik qiladigan holatlar mavjud bo`lmasa, O`zbekiston Respublikasida haqiqiy deb tan olinadi.

9.Xorijiy davlatlarning vakolatli idoralari tomonidan berilgan O`zbekiston fuqarolarining fuqarolik holatini tasdiqlovchi hujjatlarini O`zbekistonda almashtirish mumkinmi?

Xorijiy davlatlarning vakolatli idoralari tomonidan O`zbekiston fuqarolariga berilgan ularning fuqarolik holatini tasdiqlovchi hujjatlari O`zbekiston Respublikasining Gerbli guvohnomalariga almashtirilishi mumkin.

Bu holda fuqarolar, O`zbekiston Respublikasiga kelgunga qadar, almashtirilishi lozim bo`lgan hujjatlarni O`zbekiston Respublikasining xorijiy konsullik idoralarida legalizatsiya qilib olishlari shart.