Document

INTERAKTIV KONSULLIK XIZMATLARI VEB-SAHIFASIGA XUSH KELIBSIZ!!!

Ushbu sahifa O`zbekiston Respublikasi fuqarolarining konsullik masalalari bo`yicha savollariga javobni tezlashtirish va yordam berishga qaratilgan. Bu sahifada, O`zbekistonning xorijdagi vakolatxonalariga murojaat qilib, konsullik xizmatida to`ldirish talab qilinadigan kerakli so`rovnomalarni interaktiv usulda bajarish xizmati va boshqa xizmatlar joylashtirilgan.

Shu bilan birga, fuqarolarning u yoki bu konsullik xizmati masalasi ish holatini "OnLine" tarzda bilib olish imkoniyati kiritilgan. Ushbu sahifadan foydalanish uchun quyidagi talablarni hisobga olish kerak:

Ushbu veb-sahifa O`zbekiston Respublikasi fuqorolariga konsullik xizmatlaridan foydalanishda qulaylik yaratish maqsadida ishlab chiqilgan bo`lib, unda siz quyidagi interaktiv xizmatlardan foydalanishingiz mumkin:

Tizimga talablar:

  • Siz foydalanayotgan Internet-brauzer 128-bitlik shifrlashni ta'minlashi lozim.
  • "Windows Internet Explorer" brauzeridan foydalansangiz, uning versiyasi 7.0 yoki undan yuqori bo`lishi lozim.
  • "Mozilla Firefox" Internet-brauzeridan foydalansangiz, uning versiyasi 3.0 yoki undan yuqori bo`lishi lozim.
  • "Opera" Internet-brauzeridan foydalansangiz, uning versiyasi 10 yoki undan yuqori bo`lishi lozim.
  • Sayt ma'lumotlarining ekranda to`g`ri ko`rinishi uchun brauzerga JavaScriptdan foydalanishga ruxsat berish kerak.
  • To`ldirilgan anketani ko`rish va bosmalash uchun kompyuteringizda "Adobe Acrobat Reader" dasturining 5.0 yoki undan yuqori versiyasi o`rnatilgan bo`lishi kerak.
  • So'rovnomani to'ldirishda quyidagilarga e'tibor qiling:

  • * bilan belgilangan har bir maydon to'liq kiritilishi majburiydir.
  • Ma'lumotlar aniq va to'g'ri kiritilishiga e'tibor bering.