O`ZBEKISTON RESPUBLIKASIDAN HUJJATLARNI SO`RAB OLISH TARTIBI

O`zbekiston Respublikasidan hujjatlarni so`rab olish uchun O`zbekiston Respublikasi fuqarolari, xorijiy fuqarolar va fuqarolikka ega bo`lmagan shaxslar bevosita O`zbekiston Respublikasi arxiv muassasalariga ham, shuningdek O`zbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatik vakolatxonalariga va konsullik muassasalariga ham murojaat etishlari mumkin.

O`zbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatik vakolatxonasiga yoki konsullik muassasasiga murojaat etuvchi shaxs har bir so`rab olinayotgan hujjat uchun alohida belgilangan shakldagi maxsus anketani ikki nusxada to`ldirishi, shuningdek konsullik yig`imini, hamda amaldagi xarajatlarni qoplash yig`imini to`lashi shart.

Mehnat va pensiya daftarchalari, harbiy biletlarning asl nusxalarini so`rab olish, jo`natib yuborish yoki xorijga chaqirtirib olishga yo`l qo`yilmaydi.

Shuningdek, agar nikoh bekor qilingan bo`lsa, nikohdan o`tganlik to`g`risidagi guvohnomani, shuningdek vafot etgan shaxsning tug`ilganlik to`g`risidagi guvohnomasini qaytadan so`rab olinishi mumkin emas. Voyaga yetmagan shaxslarning tug`ilganlik to`g`risidagi guvohnomalari ularning qonuniy vakillari tomonidan so`rab olinishi mumkin. Vafot etganlik to`g`risidagi guvohnomalar vafot etgan shaxsning qarindoshlari yoki yuridik shaxslar tomonidan rasmiy maqsadlar uchun so`rab olinishi mumkin.

Amaliyotning ko`rsatishicha, ma`lumot to`g`risidagi hujjatlarni (attestatlar, diplomlar va ulardan ko`chirmalarni) O`zbekiston Respublikasidan so`rab olishda manfaatdor shaxslarning bevosita o`quv muassasasiga murojaat etishi bir muncha samarali natija beradi. Buning uchun shaxsiy ishni arxivlardan izlab topish, hujjatning dublikatini tayyorlash, shahodatlash va arizachiga jo`natib yuborish bilan bog`liq barcha xarajatlarning qoplanishi shart bo`ladi.

Har bir hujjat uchun arizachining pasporti nusxasini taqdim qilgan holda ikki nusxada to`ldiriladi.

Savollarga javoblar to`liq va aniq bo`lishi kerak.

Anketani yuklab olish