DOIMIY KONSULLIK HISOBIGA OLISH TARTIBI

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 5-yanvardagi PF-4262-sonli “O`zbekiston Respublikasida pasport tizimini takomillashtirishga doir qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida”gi Farmonining 1-ilovasi 51-52 bandlariga ko`ra:

  • o`rnatilgan tartibda xorijga doimiy yashashga chiqqan, shuningdek, vaqtincha chet elda bo`lib turuvchi fuqarolar O`zbekiston Respublikasining xorijdagi konsullik muassasalarida doimiy yoki vaqtincha konsullik ro`yxatiga turadilar.
  • doimiy konsullik ro`yxatiga xorijga doimiy yashashga chiqqan va chet elga chiqishlarini o`rnatilgan tartibda rasmiylashtirgan fuqarolar olinadi.
  • Vaqtincha konsullik ro`yxatiga olinmagan fuqarolar chet elda vaqtincha bo`lgan paytlarida pasportlarini yo`qotgan, amal qilish muddatini o`tkazib yuborgan yoki yaroqsiz holga keltirilgan hollarda tegishli konsullik muassasasiga O`zbekiston Respublikasiga qaytish guvohnomasini (Sertifikat) olish uchun murojaat qiladilar.

    Doimiy konsullik hisobiga turish uchun vakolatxona konsullik bo`limiga quyidagi hujjatlarni taqdim etish kerak:

  • O`zbekiston Respublikasi fuqarosining pasporti asl nusxasi + pasport nusxasi (O`zbekiston Respublikasida ro`yxatga olinganlik to`g`risidagi axborot bilan);
  • O`zbekiston Respublikasidan doimiy yashshga jo`nab ketish manzil varaqasi va nusxasi (faqat Mustaqil Davlatlar Hamdo`stligi davlatlariga doimiy yashashga ketgan fuqarolar uchun);
  • doimiy turar joyi mamlakati hududida yashash yoki ro`yxatga olingan joyidan ma’lumotnoma;
  • 3x4 sm o`lchamli fotosurat – 1 dona;
  • konsullik hisobiga olish uchun konsullik yig`imi;
  • elektron tarzda to`ldirilgan konsullik hisobiga olish varag`i.;
  • Interaktiv xizmat reglamenti

    Izoh: (Doimiy konsullik hisobiga olish 1 ish kuni ichida rasmiylashtiriladi.)