XORIJGA DOIMIY YASHASHGA CHIQISH YOZUVINI RASMIYLASHTIRISH TARTIBI (DYa)

Xorijga doimiy yashashga chiqish yozuvini rasmiylashtirish uchun quyidagi hujjatlar to`plami talab qilinadi:

  • Ariza beruvchining yashab turgan davlatda doimiy yashashiga mahalliy hukumatning rasmiy roziligi, ushbu rozilik belgilangan tartibda legallashtirilgan bo`lishi lozim;
  • Xorijda doimiy yashashning sabablarini bayon qilgan holda ixtiyoriy shaklda qo`lda yozilgan DYa uchun ariza. Ushbu ariza ariza beruvchi shaxs tomonidan imzolangan, to`ldirish sanasi ko`rsatilgan, hamda konsul tomonidan tasdiqlangan bo`lishi lozim;
  • Qo`lda to`ldirilgan va konsul tomonidan tasdiqlangan "Ariza-anketa" (30-Forma);
  • O`zbekiston Respublikasi fuqarosi pasportining barcha betlarining, hamda tug`ilganlik haqidagi guvohnomaning kseronusxasi, konsul tomonidan tasdiqlangan bo`lishi lozim;
  • O`zbekiston Respublikasi hududida doimiy yashaydigan o`z ota-onasining va turmush o`rtog`ining (birgalikda chiqish holatlari bundan mustasno), shuningdek agar birgalikdagi nikohdan bolalar bo`lsa, O`zbekiston Respublikasida doimiy yashaydigan sobiq turmush o`rtog`ining ham notarial tasdiqlangan roziliklari, ular vafot etgan, bedarak yuqolgan hollarda esa vafot etganlik haqidagi guvohnomaning yoki sudning shaxsni bedarak yo`qolgan deb e’tirof etish haqidagi qarorining notarial tasdiqlangan nusxasi;
  • 14 dan 18 yoshgacha bo`lgan shaxslarning xorijda ota-onasi bilan yoki ularning biri bilan birga doimiy yashashga roziligi, konsul tomonidan tasdiqlangan bo`lishi lozim;
  • 150 AQSh doll. miqdorida konsullik yig`imi to`langanligi to`g`risidagi kvitansiya nusxasi.
  • 6 dona 3,5x4,5 o`lchamdagi fotosurat.
  • Interaktiv xizmat reglamenti