NIKOH BEKOR QILINGANLIGINI QAYD ETISH TARTIBI

O`zbekiston Respublikasining O`zbekiston Respublikasi hududidan tashqarida yashayotgan fuqarosi O`zbekiston Respublikasi hududidan tashqarida yashayotgan turmush o`rtog`i bilan uning fuqaroligidan qat'iy nazar, O`zbekiston Respublikasi sudi orqali nikohni bekor qilishi mumkin.

Er-xotin o`rtasida mulkiy kelishmovchiliklar va voyaga yetmagan farzandlar (shu jumladan, farznadikka olingan bolalar) mavjud bo`lmagan holatlarda, nikohdan ajrashish O`zbekiston Respublikasining xorijdagi konsullik idoralari tomonidan amalga oshirilishi mumkin.

O`zbekiston Respublikasi fuqarosini nikohdan ajratish uchun talab etiladigan hujjatlar ro`yxati (nikohdan ajrashayotganlarning har ikkisi ham konsullikka tashrif buyurishi shart):

  • Nikohdan ajrashish to`g`risida ariza (o`rnatilgan shakli konsuldan olinadi);
  • Nikohdan ajrashayotganlarning pasportlari;
  • Nikoh qayd etilganligi to`g`risidagi guvohnoma;
  • Konsullik yig`imi va xizmat xarajatlarining to`langanligi haqida kvitansiya.