XORIJGA CHIQISH UCHUN RUXSAT YOZUVINI RASMIYLASHTIRISH TARTIBI (RE’Yo)

Xorijga chiqsh uchun ruxsat yozuvini rasmiylashtirish uchun quyidagi hujjatlar to`plami talab etiladi:

  • Ariza beruvchi tomonidan shaxsan belgilangan tartibda 3 nusxada to`ldirilgan, ariza beruvchi tomonidan imzolangan va konsul tomonidan tasdiqlangan “Ariza-anketa” (30-Forma) (bir nusxasi konsullik muassasasi uchun);
  • Ariza beruvchining pasporti barcha betlarining kseronusxasi, agar 16ga kirmagan farzandi bilan birga topshirsa, farzandining pasporti va tug`ilganlik haqidagi guvohnomasining nusxasi (barcha nusxalar konsul tomonidan tasdiqlangan bo`lishi lozim);
  • 50 AQSh doll. miqdoridagi konsullik yig`imi + amaliy xarajatlar to`langanligi to`g`risidagi kvitansiya nusxasi (asl nusxasi ariza beruvchiga beriladi);
  • 6 dona 3,5x4,5 o`lchamdagi fotosurat;
  • Mehnat daftarchasining konsul tomonidan tasdiqlangan nusxasi.
  • Interaktiv xizmat reglamenti