O`ZBEKISTON RESPUBLIKASIGA QAYTISH UCHUN YO`RIQNOMA VA SERTIFIKAT RASMIYLASHTIRISH TARTIBI

O`zbekiston Respublikasiga qaytish guvohnomasi (bundan keyin - Sertifikat) O`zbekiston Respublikasining chet eldagi diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari (bundan keyin - Konsullik muassasalari) tomonidan chet elda vaqtincha yashayotgan va O`zbekistonda doimiy ro`yxatda turgan O`zbekiston Respublikasi fuqarolari va fuqaroligi bo`lmagan shaxslarga quyidagi holatlarda beriladi: shaxsini tasdiqlovchi hujjatini yo`qotgan, hujjati yaroqsiz holga kelgan, xorijiy davlat vakolatli idoralari tomonidan olib qo`yilgan, o`g’irlatilgan, muddati o`tgan, varaqlari tugagan, avval pasport bilan rasmiylashtirilmagan fuqarolar.

Sertifikatni olish uchun arizachi Konsullik muassasasining veb-saytida shaxsni tasdiqlash haqidagi so`rovnoma – arizasini to`ldiradi va unga elektron fotosuratni biriktiradi.

Sertifikatni olish uchun arizachi Konsullik muassasasiga quyidagi hujjatlarni taqdim qiladi:

  • qog`ozda chop etilgan, arizachinig imzosi qo`yilgan, bar-kodi ko`rsatilgan electron so`rovnoma – arizasi, 3 nusxada;
  • 2 dona rangli fotosurat (3х4 sм);
  • Eslatma: (elektron ariza-anketaga biriktiriluvchi fotosuratga qo`yiladigan talablar)

    - fotosurat o`ichamlari 300x400 piksel (px) bo`lishi;
    - fotosurat sifati 96 dpi dan kam bo`lmasligi;
    - fayl formati JPEG;
    - fayl hajmi 30KB dan oshmasligi;
    - ko`z qorachiqlari orasidagi masofa 90 px bo`lishi;
    - suratning tiniq va kontrastli bo`lishi;
    - suratga tushuvchi shaxsning nigohi obyektivga tog`ri yo`naltirilgan bo`lishi;
    - yuz pardozining (makiyaj) me'yoriyligi;
    - suratdagi yorug`lik va kontrastning me'yoriyligi;
    - ko`zlar ochiq va yaxshi ko`rinishi, sochlar ularni to`sib qo`ymagan bo`lishi;
    - fotosuratda yuzning markazda joylashuvi, ko`zoynaksiz, bosh kiyimisiz, yuz qirralarining aniq ko`rinishi;
    - orqa fonning yorug`, bir xil, dog`larsiz, bezaksiz va chiziqlarsiz bo`lishi
  • muddati o`tgan, yaroqsiz holga kelgan, viza varaqlari tugagan shaxsni tasdiqlovchi hujjatning asli;
  • shaxsni tasdiqlovchi hujjatning olib qo`yilganligi yoki o`g`irlatilganligini tasdiqlovchi xorijiy davlat vakolatli idoralari ma’lumotnomasining asli va nusxasi;
  • shaxsni tasdiqlovchi hujjat yo`qolganda - yo`qolgan shaxsni tasdiqlovchi hujjat yoki shaxsni tasdiqlovchi boshqa ma’lumotnoma nusxasi va shaxsni tasdiqlovchi hujjat yo`qolganligi haqida vakolatli idoralarning ma’lumotnomasi (imkoniyat darajasida);
  • avval pasport bilan rasmiylashtirilmagan fuqarolar uchun – ularning tug`ilganlik haqida guvohnomasi va ota-onasining pasportlaridan nusxa;
  • konsullik to`lovlari chiptasi (kvitansiyasi).
  • Arizachiga Sertifikat O`zbekiston Respublikasi vakolatli idoralari tomonidan uning shaxsi tasdiqlangandan so`ng beriladi.

    Sertifikat bir oy, istisno holatlarda uch oygacha muddatga beriladi. Sertifikatning muddati uzaytirilmaydi.

    Sertifikat har bir kishiga alohida rasmiylashtiriladi. Sertifikatga bolalar yozilmaydi.

    Shaxsni tasdiqlovchi hujjat yaroqsiz holga kelgan, muddati o`tgan va viza varaqlari tugagan holda mazkur hujjat Konsullik muassasasiga topshirilishi lozim.

    Shaxsni tasdiqlovchi hujjat yuqotilgan, xorijiy davlat vakolatli idoralari tomonidan olib qo`yilgan va o`g`irlatilganligi sababli Sertifikatni olish maqsadida Konsullik muassasasiga murojaat qilib, so`rovnoma – arizasi topshirilgandan so`ng arizachining mazkur shaxsni tasdiqlovchi hujjati haqiqiy emas, deb e’lon qilinadi va topilgan yoki qaytarilgan shaxsni tasdiqlovchi hujjati Konsullik muassasasiga topshirilishi shart.

    Arizachi O`bekistonga kelgandan so`ng 10 kundan kech bo`lmagan muddat ichida Sertifikatni doimiy yashash joyidagi ichki ishlar idoralariga pasport olish uchun topshirilishi lozim.

    Sertifikat olish uchun 50 AQSH dollari miqdoridagi konsullik to`lovlari va 5 (MDH davlatlarida)-10 (boshqa davlatlarda) AQSH dollari miqdoridagi ma’muriy xarajatlar undiriladi. 16 yoshga to`lmagan bolalar ushbu to`lovlardan ozod etiladi.

    Sertifikat quyidagi shaxslarga berilmaydi:

  • xorijiy fuqarolarga;
  • O`zbekiston hududida doimiy ro`yxati yo`q fuqaroligi bo`lmagan shaxslarga;
  • uzrli sababsiz O`zbekiston hududida 3 yildan ortiq bo`lmaganligi sababli O`zbekiston hududidagi doimiy ro`yxati bekor qilingan fuqaroligi bo`lmagan shaxslarga;
  • O`zbekiston fuqaroligidan chiqqan yoki fuqaroligi yo`qotilgan shaxslarga.
  • Quyidagi holatlarda ham arizachiga Sertifikat berish rad etilishi mumkin:

  • o`zi haqida yoki shaxsni tasdiqlovchi hujjatining yo`qolganligi to`g`risida yolg`on ma’lumotlar bersa;
  • taqdim qilinishi lozim bo`lgan hujjatlar va ma’lumotlar belgilangan talablarga mos kelmasa (hujjatlar yetarli emas, so`rovnoma – arizasidagi ma’lumotlar aniq va to`liq emas);
  • taqdim qilingan hujjatlardagi ma’lumotlar haqiqiy bo`lmasa.
  • Sertifikat berilgan shaxs O`zbekistonga kelganidan so`ng yangi pasportni rasmiylashtirish uchun doimiy yashash joyidagi ichki ishlar idoralariga ushbu sertifikatni topshirishi shart.

    Interaktiv xizmat reglamenti