O`LIM HAQIDAGI GUVOHNOMANI RASMIYLASHTIRISH TARTIBI

O`zbekiston Respublikasi fuqarosining o`limi to`g`risidagi guvohnomani rasmiylashtirish uchun quyidagi hujjatlar talab etiladi:

  • Arizachining (vafot etgan shaxsning qarindoshi yohud tanishi, yoki dafn qilish xizmati yohud boshqa xizmat vakillari va b.) murojaatnomasi;
  • Vafot etgan shaxsning qaysi sanada, qayerda va nima sababdan o`lgani haqidagi tibbiy muassasa ma’lumotnomasining asli yoki uning tasdiqlangan nusxasi;
  • Vafot etgan shaxsning pasporti yoki uning shaxsini tasdiqlovchi boshqa hujjat.