VAQTINCHALIK KONSULLIK HISOBIGA OLISH TARTIBI

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 05.01.2011y.dagi PF-4262 raqamli «O`zbekiston Respublikasida pasport tizimini takomillashtirishning qo`shimcha chora-tadbirlari haqida» nomli Farmoni №1-ilovasining 51 va 53 punktlariga asosan:

  • doimiy yashash uchun belgilangan tartibda xorijga ketgan, hamda xorijda vaqtincha yashayotgan fuqarolar O`zbekiston Respublikasining xorijdagi konsullik muassasalarida doimiy yoki vaqtincha konsullik ro`yxatida hisobga olinadilar;
  • xorijga xizmat safari bilan yoki o`qish, davolanish, hamda kontrakt asosida (O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 12.11.2003y.dagi №505 tartib raqamli «O`zbekiston Respublikasi fuqarolarining xorijdagi mehnat faoliyatini tashkil etishni takomillashtirish chora-tadbirlari haqida» nomli Qarori qoidalariga mos holda) ishlash uchun vaqtincha muddatga belgilangan tartibda rasman jo`nab ketgan fuqarolar vaqtinchalik konsullik ro`yxatida qayd qilinadilar;
  • Agar xorijga jo`nab ketgan fuqaro xorijiy mamlakatda qonuniy ravishda 6 (olti) oydan ortiq bo`lgan muddat davomida bo`lsa, u vaqtincha konsullik ro`yxatiga olinadi.

    Vaqtincha xorijda bo`lgan, hamda doimiy yoki vaqtincha konsullik ro`yxatida qayd qilinmagan fuqarolar pasportlari yo`qolganda yoki yaroqsiz holga kelganda, hamda pasportlarining amal qilish muddati tugagan holda, O`zbekiston Respublikasiga qaytish guvohnomasi (sertifikarti) olish uchun respublikaning xorijdagi konsullik muassasalariga murojaat qiladilar.

    Vaqtinchalik konsullik hisobiga turish uchun vakolatxona konsullik bo`limiga quyidagi hujjatlarni taqdim etish kerak:

  • O`zbekiston Respublikasi fuqarosining pasporti asl nusxasi + pasport nusxasi (O`zbekiston Respublikasida ro`yxatga olinganlik to`g`risidagi axborot bilan)
  • Kelgan mamlakat hududida ro`hatdan o`tganlik haqida ma`lumotnoma;
  • 3x4 sm o`lchamli fotosurat – 1 dona;
  • elektron tarzda to`ldirilgan konsullik hisobiga olish varag`i.;
  • Interaktiv xizmat reglamenti

    Izoh: (Konsullik hisobiga olish 1 ish kuni ichida rasmiylashtiriladi.)